Bosh sahifa / O'qituvchilar uchun / Ssenariylar / Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga bag`ishlangan ertalik ssenariy

Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga bag`ishlangan ertalik ssenariy

Ertalik maktab zalida bo`lib o`tdi.

Ertalikni maktabimizning ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari o`chib berdi . Sinfning a’lochi o`quvchisi oltinoy bobomiz haqida qisqa tushuntirish berdi.

Boshlovchi: – Ulug` bobokalonimiz Mir A.Navoiy 1441 yilning 9 Fevralida Hirot shahrida dunyoga kelganlar. Bolalik chog`laridan hammaning e’tiboriga tushganlar/ ko`p kitoblar o`qiganlar o`zlari ham she’r g`azal yozganlar.

Mahliyo – Ko`p jahongiz ko`rgan bu dunyo

 

                  Hammasiga guvoh yer o`sti.

                 Lekin do`stlar she’r ahli aro,

                 Jahongiri kam bo`lar rosti.

Oltinoy: (Alisherga qarab so`z boshlaydi). Ustoz, sizning she’riyat mulkida sulton bo`lib, jahonga o`zbek shon – shuhratini yoydingiz, turkiy zabonda ash’orlar bitgansiz. Ustoz ash’orlaringizdan aytib bersangiz.

Alisher: Boshni fido ayla ato qoshiga

              Jismni qil sadqa ano boshiga

              Ikki jahoninga tilarsan fazo

              Hosil et ushbu ikkisin rizo

 

             Tun – kuninga aylagil nur bosh

             Birisin oy ayla, birisin quyosh

             So`zlaridan chekma qalam tashqori

             Xatlaridan qo`yma qalam tashqori

 

(Hamma o`quvchilar olqishlaydilar, “Ofarin”, ustoz, “Qulluq” – deydilar)

Nodira: Ustoz, siz yozib qoldirgan hikmatlarni biz e’zozlab o`rganamiz. Ruhsatingiz bilan ulardan o`qib bersak.

Til bilgan – el biladi.

Azamat: Chin so`z – e’tiborli, yaxshi so`z qisqa bo`lur.

Jur’at: Oz – oz o`rganib dono bo`lur, Qatra – qatra yilg`ilib daryo bo`lur.

Muhammadjon: Bilmaganni so`rab o`rgangan olim, orlanib so`ramagan o`ziga zolim.

(“ofarin, qulluq, barakallo” so`zlari aytib turiladi)

Boshlovchi: – Aziz o`quvchilar, buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlarida u kishini eng yaxshi fazilatlarini eslab ular ruhini shod etamiz. Mir Alisher Navoiy yoshligidan minglab misra g`azallarni yod bilganlar. She’rlar, g`azallar yozganlar. Hozir Alisher Navoiyning shoir Lutfiy Bilan uchrashuini sahna ko`rinishi orqali ko`rsak.

(Sahnada Shoir Lutfiy o`tirib she’r yozayapti)

Alisher: – Assalom ustoz.

Lutfiy: Q – Barakallo, o`g`lim, barakallo. Biz faqirni ko`rgani, mamnun qilgali kelibsen. Sen kabi aqlli boadab o`g`lonning suhbati bilan dilimni ochay, ash’oringni tinglay.

Alisher: Orazin yopg`och ko`zimdin sochilur har lahza yosh.

Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lgach quyosh.

Lutfiy: – “Ofarin o`g`lim”, Qasam tangrigakim, agar imkon bo`lsa edi, men o`zimning fors va turkiyda aytgan o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashar edim, ham ayni zamonda o`zimni ulug` maqsadga erishgan deb hisoblar edim.

Ruhsora: – Alisher yoshligidan do`sti Husayn Bayqaro bilan inoq, ahil, do`st bo`lgan, birga o`ynagan va birga maktabga borgan.

Sarvinoz: – Hatto ikki oila

                   Bir-birini hurmat ila

                   Tez-tez yo`qlab kelishar

                   Mehmon, mezbon bo`lishar

 

                  Shunda ota-onasi

                   Topib qulay xonasin

                   Navro`z, hayit kunlari

                   Yig`ilib yaqinlari.

 

Boshlovchi: – Aziz o`quvchilar, hozir “Alisher bilan bulbul” nomli sahnalashtirilgan rivoyat bilan tanishamiz va bobomiz o`zlariga qanday taxallusni tanlaganini bilib olamiz. (sahnada Alisher kursida o`tirib she`r yozayotgani ko`rsatiladi).

Boshlovchi: – Olgari zamonda G`iyosiddin kichkina degan kishining Alisher ismli o`g`li bo`lgan ekan u yoshligidan uddaburro, ziyrak bo`lib o`sibdi. To`qqiz yoshga to`lganda esa she`rlar yoza boshlabdi. Odamlar (bola o`ziga) u yozgan she`rlarni quloq berib tinglaydigan bo`lishibdi. Lekin bola o`ziga hali tahallus tanlamagan ekan. Alisher bir kuni yangi she`rlarini yozibdida, uni boqqa chiqib, baland ovoz bilan o`qib boshlabdi.

Alisher: – G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish

                   El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish

                   Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa

                   Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish

Boshlovchi: – Gul shohida o`tirgan bulbul Alisherning yoqimli ovozini eshitib qolibdi. Yosh shoirning goh qo`ng`iroqday jarangdor, goh tong shamoliday mayin ovozi bulbulni o`ziga maftun etibdi.

Munisa: Bulbul: – Ey, xushovoz shoir, sen o`qigan she`rlar bulbullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Ismingni bilsam bo`ladimi?

Alisher: – Men Alisherman.

Bulbul: –  Bildim, bildim, yangi chiqqan shoir ekansizda. Endi o`zingizga chiroyli bir nom tanlab, she`rlaringizni oxiriga taxallusingizni qo`ying.

Boshlovchi: – Alisherga bulbulning boyagi “navo” degan so`zi yoqib qolibdi. Shundan keyin yozgan g`azallariga o`z taxallusini “Navoiy” deb qo`shib aytadigan bo`libdi.

Shu bilan ertagimiz tugadi.

Ssenariyni .docx formatda yuklab olish

Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!

Muallif Mahmudjon Sayfiddinov

Inson hech qachon to'htab qolmasligi lozim deb hisoblayman. Men uchun to'htab qolish bu o'lim demakdir!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

x

Balki, bu qiziqdir...

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomiga ssenariy

SHOH VA ...

Xato haqida habar berish

Muallifga yuboriluvchi matn