Bosh sahifa / Sayt yaratish / Domen nima va uni tanlash?

Domen nima va uni tanlash?

Yangi sayt ochish vaqtida veb-master oldida turgan asosiy muammo bu domen nomini tanlash. Hammani «Domenni qanday tanlasam ekan yoki saytim uchun qaysi domenni olsam ekan?» degan savol qiynaydi. Demak, domen nima ekanligini hal qilib olaylik. Domen nomi – foydalanuvchi brauzerning manzil maydonida yozadigan belgilar jamlanmasi. Shuni takidlash kerakki, brauzerning manzil maydonidagi belgilar jamlanmasi URL deyiladi. URL (Uniform Resource Locator – Resursning yagona ko’rsatkichi) va domen nomi o’rtasida farq bor. Yani, URLda domen nomiga qo’shimcha biron sahifa ham yozilgan bo’lishi mumkin. Deylik, saytingiz nomi mahmudjon.uz bo’lsa, URL alohida mana bunday bo’lishi mumkin: mahmudjon.uz/sayt-yaratish.

Domen zonasini tanlash

Domen nomini tanlashda eng avval domen zonasini tanlab olish kerak. Domen zonasi domen nomining bir qismi bo’lim, u saytigiz nomidan so’ng nuqta (domen-nomi.domen-zonasi) bilan ajratib yoziladi. Hozirda juda ko’plab domen zonalari mavjud. Jumladan, com, net, org, info, edu va boshqalar.
Domen nomlar haqida qisqa to’htaladigan bo’lsam. .com domen zonasi tijorat maqsadida ochilgan saytlar uchun. Bu domen zonasi commercial (ing. «tijorat») so’zidan olingan. Davom etamiz demak, .net va .org notijorat tashkilotlarga mo’jlallangan, .info esa yangilik va ma’lumotlar joylashtiriluvchi saytlar uchun. va nihoyat .edu ta’lim saytlari uchun. Hukumat saytlari esa .gov (ing. goverment – hukumat) domen zonasida joylashgan bo’ladi. Agar domen zonalari haqida batafsil yozilsa hali uzoq yozishga to’gri keladi. Shu sabab hozircha shuni o’zini bilsangiz yetarli deb hisoblayman.

Lekin, men sizlarga .uz domen zonasini tanlashni tavsiya etaman. Chunki, .uz o’zimiznikida o’zbek saytlari uchun maxsus ochilgan domen zonasi. 🙂

Domen nomini tanash

Domen zonasini tanlab olganingizdan so’ng bo’lajak saytimizga mos domen nomini tanlab olishimiz lozim. Tanlashda quyidagilarga etibor berishni tavsiya etaman:

  1. Domen qisqa bo’lishi lozim.
  2. Defislarsiz (ayrish belgisisiz).
  3. Onson yodda qoluvchi.
  4. Domen nomi sayt tematikasiga mos bo’lishi lozim.
  5. Domen nomi sayt nomidan iborat bo’lgani maqbul.
  6. Domen nomi saytning kalit so’zlariga mos bo’lgani juda ham yahshi.

Domenni tekshirish va ro’yhatdan o’tkazish

Domen nomini tanlaganingizdan so’ng uni tekshirish va agan bo’sh bo’lsa ro’yhatdan o’tkazish lozim.

Hech kimga sir emaski hozirgi kunda internetda qisqa domen nomini topish qiyin masala. Lekin, erinmasdan qidirsangiz qisqa va tushunarli esda qoluvchi sayt mazmunini anglatuvchi nom topish mumkin.

Domen nomidagi defis (-) haqida ham to’htalib o’tish kerak. Ilgari defis qidiruv tizimlari saytni yahshiroq indexlashida, yani sayt bilan osonroq tanishib u haqida boshqalarga ham ma’lumotni osonroq berishi uchun foydalaniladi. Lekin, bu usul eskirdi. Hozir defis sayt nomini yozishda qiyinchilik tug’dirishda boshqa narsaga yaramaydi.

Domen nomi sayt mazmuniga taqluqli bo’lib, oson yodda qoldirgan bo’lishi lozim. Qisqa qilib aytganda domen nomi ahmoqona belgilar yig’indisidan iborat bo’lmasligi kerak.

Deylik saytingiz informatikaga aloqador narsalar yozsangiz saytingiz nomini informatika.uz yoki informatik.uz, informat.uz va shu kabi deb ochganingiz maqbul.

Domen nomi bo’sh ekanligini tekshirish uchun whois.uz  saytidan foydalanishingiz mumkin.

Domen nomini tanlashda omad tilayman!

Keyingi maqolada «Hosting nima va qanday olinadi?» degan savolga javob beraman.

Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!

Muallif Mahmudjon Sayfiddinov

Inson hech qachon to'htab qolmasligi lozim deb hisoblayman. Men uchun to'htab qolish bu o'lim demakdir!

Bitta fikr

  1. Menga shu saytning o’zaro xarakatlar senariysini yaratilganini tashlang rasmini iltimos.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Xato haqida habar berish

Muallifga yuboriluvchi matn