Bosh sahifa / Foydali / Kayfiyatni ko’tarishni 10 usuli!

Kayfiyatni ko’tarishni 10 usuli!

Negativni quvib, pozitivni chorlaymiz! Kayfiyat ko’tarishni 10 usuli! Istan va shu zahoti kuling!images

Har birimizda shunday kun bo’ladi-ki, hech narsa yoqmaydi! Eng yaqin insonigizni ham hafa qilib qo’yasiz va xato qilib qo’yganingizni o’ylab qiynalasiz. Bunday vaziyatlar bo’lmasligi uchun o’z vaqtida kayfiyatni o’zgartira olishni bilish kerak. Qanday qilib kayfiyatini ko’tarsa bo’ladi? Hoynahoy, siz bu savolni o’zingizga ko’p bor bergan bo’lsangiz kerak! Kayfiyatni boshqarish mumkun! Siz hoh uyda, hoh ishda bo’ling o’z kayfiyatingizni o’zingiz o’zgartirishingiz mumkun.

Kayfiyatingiz buzilganda, charchaganingizda, depresiyaga tushganingizda, quyidagi 10 ta usulni esga oling va hammasi yahshi bo’ladi.

Kayfiyatni qanday ko’tarish mumkun? Mana sizga  10 usul!

1. Sevimli musiqa.

Musiqa insonga qanchalik katta tasir qilishi barchaga ma’lum. Doim, yoningizda musiqa eshitish mumkin bo’lgan mobil telefon yoki pleyr olib yuring. Sevimli musiqa odamga dam olish uchun yordam beradi va siz o’zingiz sezmagan holda kayfiyatingiz ko’tariladi. Eng asosiysi siz eshitayotgan ashulla qayg’uli bo’lmasligi kerak! Eng yahshisi alohida playlist yaratib unga kayfiyatingizni ko’taradigan ashullarlarni qo’shib qo’ying. Musiqa yengil, quvnoq, ma’nosiz bo’lishi maqsadga muvoffiq.

2. Kayfiyatni qanday ko’tarish mumkun? Komedik film ko’ring.

O’zingizni xursand qilishning yana bir oson usuli. Hammaga malumki, kulgu inson umrini uzaytiradi va sog’lig’iga ham foydali bo’ladi. Shuning uchun o’zingizga kulgu kechasini tashkillang yoki agan imkon bo’lsa kun bo’yi komediya ko’ring. Kun bo’yi kayfiyatni yahshi ushlab turish uchun telefonda yoki internetdagi kunguli rolliklardan tomosha qiling. Bu istalgan kulguli rollik bo’lishi mumkun, asosiysi kayfiyatingiz ko’tarilsa bo’ldi.

3. Kayfiyatni qanday yahshilash mumkun? O’zingizni xursand qiling, anchadan beri qilmoqchi bo’lgan orzurchangizni amalga oshiring.

Buning uchun avtomabil sotib olish yoki uzoq muddatli sayohatga ketish shart emas. Sizda anchadan beri turli hil istaglar mavjud bo’lsa kerak, ularni amalga oshirishga esa doim vaqtingiz yetmaydi. Shu vaqtni hozir toping! Qandaydir attraksionda uching, o’zingizga shokolad sotib oling yoki kichikroq tort  (qizlar — hech bo’lmaganda bir kun kolloriya haqida unuting :)), o’zingizni bola singari tasavvur qiling, o’zingizni taltaytirishdan hijolat bo’lmang.

4. Qanday qilib kayfiyatni chog’ qilsa bo’ladi? Kimnidir xursand qiling.

O’z tashvishlaringiz, muammolaringiz va yomon kayfiyatingiz haqida unuting. O’z yoqtirgan insoningiz haqida o’ylang. Uni kayfiyatingini qanday qilib ko’tarish haqida bosh qotiring. O’z fantaziyalaringizni reallashtiring. O’zingizga qadrli bo’lgan, uning minnaddorchiligi kayfiyatingiz ko’tarilishiga sabab bo’luvchi insonga kutilmagan sovg’a qiling.

5. Kayfiyatim rasvo qanday ko’taray? Tabiat qo’yniga yo’l oling.

Agar tabiat qo’yniga yoki ko’lga ketishga imkoningiz bo’lmasa, isteroxat bog’iga kiring. Biron joy topib biroz tin oling, faqat tabiat bera oladigan manzaradan bahramand bo’ling. Agar ko’chada qish bo’lib, oynadagi manzarani o’ziyoq sizni sovuqqottirib tursa, tabiat qo’yni tasvirlangan rasmlar sizga yordam beradi. O’zingizga yoqimli bo’lgan rasmlarni tomosha qiling. Kimgadir shafaq, kimgadir tog’lar, kim esa maydonlar yoqadi. Balki, sizga gullagan o’simliklar daraxtlar yoqar. Ko’nlingizga maqul kelganini tomosha qiling.

6. Keyfiyatni o’g’inasa bo’ladimi? Sevimli mashg’ulotingiz bilan shug’illaning.

Hobbiyingiz bormi? U bilan shug’illaning! San’at doim kayfiyatini ko’taradi.  Agar siz san’atdan yiroq bo’lsangiz, boshqa yoqtirgan mashg’ulotingiz bilan shug’illaning. By hatto uy yig’ishtirish bo’lishi ham mumkun, agar bu kayfiyatingizni ko’tarsa albatta :). Yoki bozor aylanish. Ayni vaqtda nima qilmoqchi bo’layotganingiz haqida o’ylang!

7. Kayfiyatni qanday ko’tarish mumkun? Uxlab oling.

Shunday vaqtlar bo’ladi-ki, yaxshilab uxlab olishning o’ziyoq, kayfiyat ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Chunki, yomon kayfiyatning sabablaridan biri charchoqdir.

8. Rasvo kayfiyatdan qutisa bo’ladimi? Yaqin insonlar suratlari.

Agar yaqinlar bilan gaplashishni imkoni bo’lmasa, ularning suratlarini tomosha qiling. Suratga olish va ularni istalgan vaqt tomosha qilish imkonini beruvchi mobil telefonda  bo’lishi maqsadga muvoffiq ish bo’ladi. Oddatta bunday telefonda yaqin insonlaringiz va hayotingizdagi qiziq damlar muhrlangan bo’ladi.

9. Kayfiyatni ko’tarish imkoni bormi? Do’stlaringiz bilan suxbat tashkillang.

Do’stlaringizni choyga, pepsi yoki o’zingizga maqul boshqa ichimlik ichishga taklif qiling. 🙂 Yaxshi suxbatdosh kayfiyat ko’tarilishida foydali manba bo’lishi aniq. Hayot davomidagi qiziq voqealarni eslang va baham ko’ring.

10. Kayfiyatni ko’tarsa bo’ladimi? Siz quvontiruvchi barcha-barcha narsalarni eslang.

Bu usulning eng asosiy tarafi shundaki, u sizning tasavvuringizdan boshqa hech narsa talab qilmaydi! Bu usuldan istalgan payt foydalanish mumkun. Biron narsaga navbatta turganingiz yoki biron bir narsani kutayotganingizda va hokazo. Hayolingizdagi kadrlardan zavq oling va o’zingizga yoqqa har bir narsani eslang. O’z hobbiyingiz, sevimli kitobingiz, qandaydir jonzod, yoqtirgan musiqangiz, libos, joy, qisqa qilib aytganda o’zingizga yoqqan har qanday narsa haqida. Bu usul kayfiyatingizni juda tez ko’tarishga yordam beradi.

Mazza qilib kulishni istaysizmi? Unda mana bu maqolani o’qing:  Googleda ishlash! Google ishchilarining shikoyatlari!

O’zingizga qulay bo’lgan usulni tanlang va o’z kayfiyatingiz ustigan hukmronlik qiling! Agar o’zingizni juda yomon his qilayotgan bo’lsangiz bir necha usullarni bir vaqtta qo’llang! Bugun bittasi yordam bersa, ertaga ikkinchisi. Tez orada kafiyatingizni boshqarishi o’rganib olishingizga ishonaman!

HAYOT GO’ZAL!!!

KO’PROQ TABASSUM QILING VA HECH QACHON TUMTAYMANG!!!

Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!

Muallif Mahmudjon Sayfiddinov

Inson hech qachon to'htab qolmasligi lozim deb hisoblayman. Men uchun to'htab qolish bu o'lim demakdir!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

x

Balki, bu qiziqdir...

Telegram profilni qanday o’chirib tashlasa bo’ladi?

Demak, savol ...

Xato haqida habar berish

Muallifga yuboriluvchi matn