Bosh sahifa / Slaydlar / Mandarin haqida ma’lumot (slayd)

Mandarin haqida ma’lumot (slayd)

Ushbu slaydda mandarin haqida ma’lumot kiritlgan. Bu slaydni mustaqil ish sifatida ishlatishingiz mumkun.

Slayddagi ma’lumotning tekst shakli:

Mandarin (Citrus reticulata) — rutadoshlar oilasining sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxtlar va butalar turi; mevali ekin. Yovvoyi turlari maʼlum emas. M. subtropik va tropik (Yaponiya, Xitoy, Ispaniya, Meksika va boshqalar) hududlarda ekiladi.

Vatani — Xitoy. Oʻzbekistonda 20-asrning 70-yillaridan maxsus issikxona va transheyalarda payvanddan oʻstirilgan past boʻyli navlari yetishtiriladi. Bu navlar mart oyida gullab okt.da mevasi pishadi. 5—6 yoshda bir tupi 40 kg meva beradi. M. — doim yashil daraxt, balandligi 3 m ga boradi. Tinim davri bilan almashadigan 2—3 oʻsish davriga ega. Shox-shabbasi yoyilib usadi, barglari uzunchoqtuxumsimon, toʻq yashil, gullari oq mayda, ikki jinsli, xushboʻy. M. may—iyun oylarida gullaydi, mevasi okt—noyab.da pishadi. Mevasi yassi dumaloq, baʼzan yapaloq, yuzasi biroz gʻadir-budir, poʻsti qalin, zargʻaldoq, urugʻi mayda. Sharbati nordonshirin. Eti toʻq sariq, sersuv, 8—10 pallali, vazni 60—80 g . Sharbati tarkibida 2,87—10,5% qand, 0,95—1% kislota (asosan, limon kislota), 25 mg % vitamin S va boshqa mavjud. Pustila pektin moddasi, efir moyi va glikozidlar mavjud boʻlib, qandolatchilik sanoatida va efir moyi olishda ishlatiladi. M. sovuqqa chidamli: —6,5° da barglarini, — 12° da daraxtini sovuq uradi. Ohak va gumusga boy tuproklarda yuqori hosil olinadi. M. asosan, payvand yoʻli bilan koʻpaytiriladi (asosan, trifoliatga payvand qilinadi). Koʻchatlar orasi 3–5 m, qator orasi 5–6 m qilib kech kuz va erta bahorda ekiladi. Yezda qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi. M. daraxtiga yosh paytida toʻgʻri shakl berilsa, hosildorlik yuqori boʻladi. 10—12 yillik daraxtlardan 1 gektardan 500 s hosil olinadi (bir tupi 30–70 kg meva beradi). Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi (murabbo, jem, sharbat) tayyorlanadi (q. Sitrus oʻsimliklar).

Kasalliklari : fitoftoroz, kalmaraz, antraknoz.

Zararkunandalari: tillarang va qizil kana.

Yuklab olish: Mandarin.pptx

Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!

Muallif Mahmudjon Sayfiddinov

Inson hech qachon to'htab qolmasligi lozim deb hisoblayman. Men uchun to'htab qolish bu o'lim demakdir!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Xato haqida habar berish

Muallifga yuboriluvchi matn