Bosh sahifa / O'qituvchilar uchun / Dars ishlanmalar / Musiqa fanidan 5-sinf uchun dars ishlanma V.A.Mocart.dune-tan-olgan-bastakorlarning-operalari

Musiqa fanidan 5-sinf uchun dars ishlanma V.A.Mocart.dune-tan-olgan-bastakorlarning-operalari

 

Mavzu: “V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.

 

                                            Mavzu:                                 “V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.
Maqsad vazifalar Maqsad: O’quvchilarga “V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari” haqida tushuncha berish.

Vazifalar: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va kengaytirish.

Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.

O’quv jarayoning

mazmuni

“V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari” haqida tushuncha berish. O’quvchilarga dunyoga mashhur opera musiqa parchasidan namunalar eshittirish.
O’quv jarayonini amalga oshirish Uslub: Hikoya, suhbat, “Klaster”, “Aqliy xujum”, “Test”.

Shakl: Suhbat-munozara, kichik guruhlar va jamoada ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar, audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg`u asbobi, rag`barlantiruvchi kartochkalar.

Usul: Tayyor yozma materiallar.

Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. O’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: Rag`barlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.

Kutiladigan natijalar O’qituvchi: Mavzuni berilgan vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish. O’quvchilar faolligini oshirish.O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg`otish. Dars jarayonida ko’proq o’quvchini baholashga erishish. Savol-javoblarga qatnashib, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

O’quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi, yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p malumotga ega bo’ladi va baholay oladi.

Kelgusi rejalar O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirib, darsda qo’llash. O’z ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`lay olishi, pedagogik mahoratini oshirishi lozim.

O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrini aniq bayon qila oladi. Shu mavzuga asoslanib qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Fikri va guruh fikrini tahlil qilib, mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi.

 

     Mavzu: V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda musiqaga bo’lgan mehrlarini uyg`otish va estetik his tuyg`ularini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda jahon musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining manaviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish.

Dars metodi: Hikoya, suhbat, “Klaster”, “Test”.

Dars jihozi: 5-sinf musiqa darsligi, yillik ish reja, reja konspekt, fortepiano musiqa cholg`u asbobi, texnik vositalar (Audio  SD disk yozuvlari), rag`barlantiruvchi kartochkalar, tarqatma materiallar.

Darsning blok chizmasi:

T/r Dars faoliyatining ketma-ketligi daqiqa
1 Tashkiliy qism:

a) salomlashish,

b) davomat aniqlanadi,

v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

 

2
2 O’tilgan mavzuni takrorlab mustahkamlash:

O’tilgan mavzular test sinovlari, musiqa savodxonligi yuzasidan tuzilgan savollar orqali takrorlanib, mustahkamlanadi.

8
4 Yangi mavzu:

1. Jamoa bo’lib kuylash: R.Abdullayev musiqasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`i jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi.

2. O’qituvchining tushuntirishi.

O’quvchilarga hikoya, “Klaster” usulidan foydalanib, “V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari” haqida tushuncha berish.  

20
5 Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, dunyo tan olgan bastakorlarning oper musiqa parchasidan namuna eshittirib suhbat-munozara o’tkaziladi. 8
6 Dars yakuni: Test orqali mavzuni mustahkamlash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish.

7

 

 

 

Darsning borishi: O’quvchilar sinfga o’qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib kelishadi.

Tashkiliy qism: Salomlashib, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. O’tilgan mavzularni takrorlab mustahkamlash uchun har bir qatordagi 10 tadan o’quvchiga savollar tarqatiladi va berilgan 4 daqiqa ichida savollarga tug`ri javob berishgan o’quvchilar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.

  1. Orkestr deganda nimani tushunasiz?
  2. Qanday orkestr turlarini bilasiz?
  3. O’zbek xalq cholg`ulari orkestri necha guruhdan iborat?
  4. O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`ular kiradi?
  5. O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining mezrobli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
  6. Nog`ora, qayroq, safoil, doyra cholg`u asboblari o’zbek xalq cholg`ulari orkestrining qaysi guruhiga kiradi?
  7. O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
  8. Simfonik orkestr deganda nimani tushunasiz?
  9. Simfonik orkestr necha guruhdan tashkil topadi?
  10. Simfonik orkestrning yog`och damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
  11. Simfonik orkestrning mis damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
  12. Litavra, baraban, tarelka simfonik orkestrning qaysi guruhiga kiradi?
  13. Simfonik orkestrning torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
  14. Xor deganda nimani tushunasiz?
  15. Xorda qanday ovozlar bor?
  16. “Tenor” va “Bas” ovozlar kimlarga xos? “Soprano” va “Alt” ovozlar-chi?
  17. Sahnaviy musiqa asarlariga qanday asarlar kiradi?
  18. “Balet” deganda nimani tushunasiz?
  19. “Opera” deganda nimani tushunasiz?
  20. “Musiqali drama” janri haqida gapirib bering?
  21. O’zbek raqs san’atining rivojlanishiga xissa qo’shgan raqqosalardan kimlarni bilasiz?
  22. “Musiqali komediya” janri haqida gapirib bering?
  23. Qanday o’zbek baletlarini bilasiz?
  24. O’zbek kompozitorlarini ayting?
  25. J.Verdi yaratgan operalarni ayting?
  26. Musiqali dramalarga misollar keltiring?
  27. Alteratsiya belgilarini sanab bering?
  28. Musiqada qanday intervallarni bilasiz?
  29. Musiqada qanday dinamik belgilar bor?
  30. Milliy raqs uslubidagi baletlarni ayting?

Har bir qatorga slaydda musiqa savodxonligi va utilgan mavzular yuzasidan rasmlar kursatiladi va qatorlarga qo’yidagi savollar beriladi.

1-qatorga “O’zbek bastakorlarining ismi shariflarini ayting”

2-qatorga “Bular qanday belgilar. Bu belgilar nota chizig`ida qanday yoziladi va vazifasini ayting”

3-qatorga “Bu cholg`ular qaysi orkestrda chalinadi va qaysi guruhlarga hos”

Har bir qatordagi o’quvchilar javobini yozib borishadi va fikrlar umumlashtirilib, qatorlar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.

Jamoa bo’lib kuylash: O’qituvchi xoxishiga ko’ra ovoz sozlash mashqlari bajarilib, R.Abdullayev musivasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`ining mualliflari qo’shiq haqida o’quvchilarga tushuncha beriladi. Qo’shiq o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan kuylab berilib, jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi. (10 daqiqa)

Yangi mavzu: Opera san’ati paydo bo’lgandan buyon qancha-qancha bastakorlar bu janrda qalam tebratib ko’rishgan. Turli tillarda operalar saxnalashtirilgan. Ulardan ayrimlari faqat bir marta saxnada qo’yilgan. Lekin kamdan-kam kompozitorlarning operalari. J.Verdining operalari kabi asrdan-asirga o’tib kelmoqda. V.A.Motsart, J.Beze, P.I.Chaykovskiy, N. Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan kompozitorlarning nomlari va ular yaratgan opera durdonalari butun dunyoga mashhurdir. “Klaster” fikrlarning tarmoqlanishi metodidan foydalanib opera durdonalari haqida tushuntiriladi.

 

V.A.Motsart 1756 yil 27-yanvarda Zalsburg shahrida tug`ilgan. U musiqaga juda yoshlagidan qiziqa boshladi. U 3 yoshida klavishda chalishni, 4 yoshida esa musiqa asarlarini yarata boshladi. 6 yoshidan konsertlarda ishtirok etadi. Uning myunxen, Vena, Parij, London va boshqa shaharlardagi ajoyib konsertlari hammani qoyil qoldirdi. 12 yoshida Motsart bir necha opera, simfoniya, konsert va boshqa musiqa asarlarining muallifi bo’lib tanilgan edi. Motsartni XVIII asr mujizasi deb atashdi.

V.A.Motsart 1791 yil 15 dekabrda 36 yoshida vafot etdi. O’zining qisqa hayoti davomida u 18 ta opera, 50 dan ortiq simfoniya, 40 ta konsert, ramanslar, ariyalar bir qancha cholg`u asarlarini yaratdi. Motsart mashaqqatli xayot kechirishiga qaramay, o’z asarlarida shodlik va baxtni kuylaydi.

Musiqa tinglash: Nota yozuvlari audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, dunyo tan olgan bastakorlarning oper musiqa parchasidan namuna eshittirib suhbat-munozara o’tkaziladi.Tinglangan asar tahlil qilinadi. O’z fikrlarini bildirgan o’quvchilar quvnov notachalar bilan rag`barlantirib boriladi.

Dars yakuni: Testdan foydalanib, mavzu mustahkamlanadi. O’qituvchi test yozilgan kartochkalarni har bir qatordagi o’quvchilarga tarqatadi, o’quvchilar ketma-ket javob berishadi.

  1. “Opera” deganda nima tushuniladi?
  2. a) musiqa va raqs xarakatlari orqali vovealar yaratish san’ati
  3. b) lebretto ya’ni sheriy-dramatik p’esa asasida yaratilgan asar
  4. d) musiqa sadolari ostida raqsga tushish
  5. V.A.Motsart yaratgan operalar qaysilar?
  6. a) “Aida”, “Ivan Susanin”
  7. b) “Sehrli nay”, “Figaroning uylanishi”
  8. d) “Ruslan va Lyudmila”, “Buron”
  9. “Qor qiz” operasini qaysi kompozitor yaratgan?
  10. a) Rimskiy-Korsakov
  11. b) V.Motsart
  12. d) M.Glinka
  13. Qaysi qatorda sahnaviy-musiqa asarlari tug`ri ko’rsatilgan?
  14. a) opera, lapar, kantata
  15. b) orkestr, kantata. syuita
  16. d) opera, balet, musiqali drama va komediya, operetta
  17. J.Bize yaratgan opera qaysi?
  18. a) “Karmen”
  19. b) “Qor qiz”
  20. d) “Aida”
  21. P.I.Chaykovskiy qayerlik kompozitor?
  22. a) Angliyalik
  23. b) Rossiyalik
  24. d) Avstriyalik
  25. P.I.Chaykovskiy yaratgan operalar qaysilar?
  26. a) “Sehrli nay”, “Aida”
  27. b) “Qor qiz”, “Otello”
  28. d) “Yevgeniy Onegin”, “Toppon xonim”
  29. Rimskiy-Korsakov yaratgan operalarni toping?
  30. a) “Sadko”, “Qor qiz”, “Shox Sulton xaqida ertak
  31. b) “”Sexrli nay”, “Buron”
  32. d) “Karmen”, “Rigoletto”
  33. “Balet” deganda nimani tushunasiz?
  34. a) ham kuylab, ham raqsga tushishni
  35. b) qo’shiq kuylashni
  36. d) Musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san’ati.

Faol qatnashgan o’quvchilarga rag`barlantiruvchi quvnoq notachalar tarqatiladi. Har bir qatordagi o’quvchilar dars faoliyati davomida olishgan qizil, (5 ball), yashil (4 ball), ko’k (3 ball) notachalar umumlashtirilib, doskada yoziladi va darsda g`olib qator aniqlanadi. Quvnoq notalarni qulga kiritgan o’quvchilar rag`barlantirilib, kundalik daftarlariga baho qo’yiladi.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish. Sh.Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” qo’shig`ini yodlash.

 

Yuklab olish

Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!

Muallif Mahmudjon Sayfiddinov

Inson hech qachon to'htab qolmasligi lozim deb hisoblayman. Men uchun to'htab qolish bu o'lim demakdir!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

x

Balki, bu qiziqdir...

Классная работа по математике 2 класс на тему:РЕШЕНИЕ ПРИМЕРОВ ВИДА 52-24

Очень красивый ...

Xato haqida habar berish

Muallifga yuboriluvchi matn