Bosh sahifa / Sayt yaratish / Sayt yo’nalishini tanlash

Sayt yo’nalishini tanlash

Assalum alaykum! Sayt uchun domen va hosting olishdan oldin qanday sayt ochish masalasini hal qilib olish lozim. Bugun biz siz bilan o’z saytingizni ochishingizda birinchi qadamni qo’yamiz. Yani, yangi ochiladigan saytingiz qanday bo’lishini aniqlashtirib olamiz. ;).  Balki, aynan shu maqola sizni internetdagi o’rningizni batamom o’zgartirib yuborar. Nafaqat internetdagi balki, real hayotdagi o’rningizni ham o’zgartirib yuborar! Deylik, hozir bu maqolani kelajagi buyuk veb-dasturchi o’qiyotgandir. Demak, ishga jiddiy yondoshga holda davom etamiz.

Nega turli narsalar yoziladigan sayt yaratishni hojati yo’q?

Men o’zimning birinchi saytimni yaratganimda bu borada yetarli tushunchaga ega bo’lmaganman va sayt yo’nalishini tanlashda juda qiynalganman va hayolimga hammasini bir barakayiga qilish kelgan. Shunda men aynan shu yo’nalishni tanlaganman va bu borada ish boshlaganman doim internetda bo’lar edim va doim yangi qiziq narsa qidirib topib saytimga qo’shib borar edim. Lekin, vaqt barchasini birdan yurgizish uchun menda vaqt yetmasligini, sayt bilan bo’lib real hayotdan uzilib qolayotganimni tushunib yetdim va bu saytni bir tanishimga sotib yuborib o’zim uchun oddiy shu blogimni ochdim. Hozir vaqt bo’lgan shu blogga yangi maqolalar yozib turaman. Agar siz turli narsalarga yo’naltirilgan universal sayt ochmoqchi bo’lsangiz quyidagilarni hisobga olishingizni so’rayman:

  1. Bunday sayt qidiruv tirimlari tomonidan doimiy topilishi uchun juda katta mehnat kerak bo’ladi. Buning uchun esa saytni doim yangi kontent bilan yangilab turish lozim bo’ladi. Doim yangi qiziq, ommabop maqolalar joylab borish kerak bo’ladi. Bir kunda bitta-ikkita maqola juda kam bo’ladi. .
  2. Bunday saytni kuchaytirish ham qiyin bo’ladi. Men buni iloji yo’q demoqchi emasman. Lekin, juda qiyin bo’lishiga kafolat berolaman.
  3. Inson har bir narsaga ham birdek qiziqavermaydi. Shuningdek siz ham har bir harsa haqida yozish o’zingizni ham yoqmasligi aniq. O’zingizga yoqmaydigan ishni qilishni nima keragi bor?!

Shulardan kelib chiqib hamma narsa haqidagi blog eng to’g’ri tanlov deya olmayman.

Sayt yo’nalishini qanday tanlash lozim?

 

Demak, o’zingizni oz bo’lsa ham qiziqtiradigan narsalar ro’ynatini tuzing.

So’ngra bu ro’yhatdan o’zingiz uncha tushunmaydigan narsalarni o’chiring. Masalan, anatomiya, kimyo, baliq tutush va hokazo.

Yana, o’chiramiz. Bu safar 1-2 yildan so’ng sizni qiziqtirmay qo’yishiga ko’zingiz yetgan narsalarni o’chiring. Deylik, musiqa, psixologiya.

Deylik sizda informatika, ingliz tili qoldi. Ana endi siz o’zingizga savol bering qaysi borada yahshiroq maqolalar yoza olasiz va qaysi yo’nalishdagi saytni rivojlantirishga ishonasiz. Agar ikkalasini ham eplashga ko’zingiz yetsa, ikkalasini haqida yozing.

 

Ommabop so’rovlar

Endi ikkala yo’nalishning ommabopligini tekshiramiz. Buning uchun wordstat.yandex. ga kirib kerakli so’zni yozamiz.

Demak, natija quyidagicha:

Ingliz tili – 3 098.

Sayt yaratish – 224 .

Dasturlash – 788 .

Demak, ingliz tili so’rovi bo’yicha bir oyda tahminan 3098 inson qiziqqan. Sayt yaratish, dasturlash so’rovi bo’yicha 224+788=1012 ta inson qiziqqan. Albatta, bu taxminiy hisob. Lekin, buni ham e’tiborga olish lozim.

 

Oldingizga maqsad qo’ying.

Kichik kichik topshiriqlar belgilab, ularni bajaring. Saytingizda kichik kichik rag’batlantirishlar tashkillang. Eng asosiysi o’zingiz aniq bilgan narsa haqida yozing. Tahminlarga tayanman.

Eng asosiysi o’zingizga yoqadigan yo’nalishda ijod qiling!

Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!

Muallif Mahmudjon Sayfiddinov

Inson hech qachon to'htab qolmasligi lozim deb hisoblayman. Men uchun to'htab qolish bu o'lim demakdir!

Bitta fikr

  1. Nimaga ovoz sozlash mashqlarini kiritmagansiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Xato haqida habar berish

Muallifga yuboriluvchi matn