Sen 18, 2016 Foydali

Krildan lotinga yoki lotindan krilga onson tarjima!

Assalomu alaykun, hozirgi kunda hayotimizni elektron hujjatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Hujjatlar bilan ishlash davomida bazan kril va lotin borasidan muammo yuzaga keladi. Aniqrog’i lotindan krilgan yoki aksincha tarjima qilish kerak bo’lib qoladi. Ushbu maqolada sizlarga krildan lotinga tajim qilishning oson yo’li haqida aytib o’taman. Qani ketdik)) Shu borada internetga murojaat qilib, qiziq bir narsa topib, ozroq o’zgartirish kiritib sizlarga taqdim etmoqdaman. Ushun narsa, yani, Word darsturi uchun makrosning muallifi  Davronbek Tojialiyev www.ziyouz.com sayti administratori, Xushnudbek Xudayberdiyev www.xushnudbek.uz esa makrosdagi xatolarni tuzatgan. Men esa uni takomillashtirdim desam bo’laveradi.)

Eng avval WORD uchun makros(qo’shimcha)ni   yuklab oling:

Microsoft Word dasturi uchun kril-lotin (lotin-kril) makrosi

Fayl .zip formatda hajmi 4 kb atrofida. Yuklab olgandan so’ng fayllarni arxivdan chiqaring.

Word dasturida yangi hujjat ochib, ALT+F11 tugmasini bosing. Shunda mana bunday oyna ochiladi:

kril-lotin-1

Ochilgan oynaning chap yuqori tomonidagi “Project” bo‘limidan “Normal” degan punktni belgilaymiz. Shunda o‘rnatayotgan makrosimiz kelajakda ochiladigan barcha fayllar uchun avtomatik o‘rnatiladi.

kril-lotin-2

So‘ngra yuklab olgan makrosimizni dasturga bog‘laymiz. Buning uchun

Ctrl+M

tugmalar kombinatsiyasini bosamiz. Shunda mana bunday oyna ochiladi:

kril-lotin-3-mahmudjon_uz

Ochilgan oyna orqali makroslar turgan papkani topasiz va undagi makroslarni belgilab, “Открыть” tugmasini bosasiz. Har bir makrosni yuklash uchun alohida ushbu amallarni bajarasiz.

Ikkala makros yuklangandan so‘ng mana bunday ko‘rinishga keladi:

kril-lotin-4-mahmudjon_uz

So‘ngra mazkur oynani yopib, yana Microsoft Word dasturiga qaytishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun “File > Close and Return to Microsoft Word”amallarinibajaramiz yoki oddiygina

Alt+Q

kril-lotin-5-mahmudjon_uz

tugmalar kombinatsiyasini bosamiz. So’ng quyidagi amallarni bajaring:

ФайлПараметрыНастройка ленты – quyuda Сочетание клавиш: Настройка bor.kril-lotin-6-mahmudjon_uz

Yangi oyna ochiladi;

Bu oynada:

Категории: «Макросы» (ro’yhatning eng pasida);

Макросы: – kerakli makrosni tanlang;

makrosni ishga tushirish uchun tezkor buyruqni kiriting «Новое сочетание клавиш» deb nomnalgan maydoni ichida kerakli tugmalarni bosing; «Cyr3lat» makrosini tanlab «Новое сочетание клавиш»ga CTRL va Lni bosing. «Lat3cyr»ga esa CTRL va K tugmalarini bosing.

«Сохранить изменения в»da Normal tanlangan bo’lishi kerak.

НазначитьЗакрыть.

kril-lotin-7-mahmudjon_uz

 

Natijani tekshirish uchun yangi fayl yaratib istalgan so’zni lotinchada yozing va CTRL va K tugmalarini bosing yoki aksincha krilda yozib CTRL va L tugmalarni bosing. ))

kril-lotin-8-mahmudjon_uz

E’TIBOR BERING:

Mazkur makroslar fayldagi barcha matnni o‘giradi. Agarda sizga matnning hammasini emas, unda ma’lum bir qisminigina o‘girish kerak bo‘lsa, unda o‘sha qismdan nusxa olib, yangi fayl ochib, o‘sha yangi fayl ichida o‘girib olishingiz kerak bo‘ladi.

P.S: Natijani saqlash va chop etish yoki taqdim qilishdan oldin. Matnni o’qib chiqishni unutmang!!!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan