2-sinf ona tili fanidan H va x tovushli so‘zlaming talaffuzi va yozilishi mavzusidagi dars ishlanma.
Dars mavzusi. H va x tovushli so‘zlaming talaffuzi va yozilishi
Darsning maqsadi:
Та ’limiy: h va x tovushlarining talaffuzini taqqoslash va farqlash, shu tovushli so‘zlarning to‘g‘ri yozish ko’nikmasini о’stirish, tartibsiz berilgan gaplani rasmlarga qarab tartiblash orqali bayon yozishga amaliy tayyorlash.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish. .
Dars turi: yangi bilim, ko’nikma va malakalani shakllantiruvchi dars. .
Dars metodi: suhbat, analiz, sintez, tushuntirish, ta’limiy o‘yinlar.
Dars jihozi: tarqatmali topshiriqlar, rasmlar, slaydlar.
Darsning borishi:
- Tashkiliy qism.
- Yangi mavzu bayoni.
H va x tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlash.
Doskaga h va x harfli so‘zlarni 2 ustun shaklida yozib, ulaming talaffuzi va so‘z ma’nosini farqlash hamda taqqoslash orqali tushuntiriladi.
shox shoh
xol hol
xil-xil hil-hil
So‘zlar izohi:
shox – daraxtning shoxi
xil-xil – turli xil
xol – odamning tanasidagi
shoh – podsho hil-hil – yumshoq dog‘ hol – holat, ahvol
O‘quvchilarga shu so‘zlar ishtirok etgan gap tuzish topshirig‘i beriladi. Tuzilgan gaplardagi bor undoshlarning talaffuzi va so‘z ma’nolarini farqlashlari tahlil qilinib xulosa qilinadi. Bu harfning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatib bo’lmasligi tushuntiriladi.
Dam olish daqiqasi
Hoy mening barmoqlarim,
Men senga jon beraman.
Agar chiroyli yozsang,
Senga rahmat aytaman.
- Mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
- Topishmoqlarni o‘qib javoblarini toping.
Qo shaloq tovoq, Bir qop un,
Ichi to‘la yog‘. Ichida ustun.
(Yong’oq) (Jiyda)
- Tartibsiz berilgan gaplarni rasm asosida tartiblash.
O‘quvchilar rasmlarni ko‘rib, gaplarni o‘qiydilar.
Birinchi rasmda nima tasvirlangan? (Xurshidning avtobusda oyna oldida o‘tirgani.)
- 2-rasmdachi? (Avtobusga bir ayolning chiqayotgani.)
- Xurshid nima qildi? (Xurshid o‘rnidan turib ayolga joy berdi.)
- Ayol nima dedi?
Mashqning keyingi topshirig‘i o‘qitiladi. O‘quvchilar gaplarni o‘qib, avval birinchi rasmga oid ikkinchi gapni, keyin ikkinchi rasmga oid gaplarni aniqlaydilar.
Matn nechta qismdan tuzilgan ekan? (Matn ikki qismdan tuzilgan.)
Bir gap bilan javob bering:
- Xurshid nima qildi?
O‘quvchilar oxirgi savolga javob beradilar.
Matn mazmuniga mos sarlavhalar toptiriladi: «Aqlli bola», «Xurshid – odobli bola», «Ayol rahmat aytdi». O‘qituvchi sarlavhalardan birini tanlab qo‘yib, avval birinchi qismga oid gapni xat boshidan boshlab, keyin ikkinchi qismga oid gaplarni xatboshidan boshlab matnni yozishni tushuntiradi. O‘quvchilar matnni mustaqil yozadilar.
Bu mashq multimediali ilovadan foydalanib bajartiriladi. Rasmlarga qarang.
Topshiriqdan so‘ng 47-mashqdagi 1 -rasm hamda biroz vaqtdan keyin 2-rasm namoyish etiladi va ekranda turadi.
Gaplarni o‘qing. Rasmlar ostida quyidagi matn beriladi: Avtobusga bir ayol chiqdi. Xurshid avtobusda oyna oldida o‘tirgan edi.
Xurshid darrov o‘midan turdi va ayolga joy berdi.
Bolajonlar, rasmlarga qarab, gaplarni tegishli joylarga qo’ying.
Bir gap bilan javob bering:
– Xurshid nima qildi?
Topshiriq berilgach, o‘quvchi 1-rasm ostiga 2-gapni, 2-rasm ostiga esa 1-3-gaplarni joylashtirsa to‘g‘ri bajargan bo‘ladi, aksi bo‘lsa “O‘ylab ko‘ring” degan ovoz eshitiladi.
- mashq uchun multimediali ilova.
48-mashqdagi so’zlar beriladi. So‘zlani ostiga 2 ta bir xil geometrik shakl ichiga x va h harflari yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar shu harflardan foydalanib, nuqtalar o‘rniga mosini qo’yadilar.
Tushirib qoldirilgan x va h harflarining mosini nuqtalar o‘rniga qo‘ying.
Me.nat, .alol, ta.ta, .avo, .ushyor, .osil.
Keyingi tugmasi bosilgach, о quvchilar nuqtalar о rniga mazmuniga mos so‘zlarni qo‘yishlari kerak.
Salqin …, halol…. mo 7…. taxta …, hushyor…
Nuqtalar o‘miga qo‘yish uchun so‘zlar: mehnat, havo, ко ‘prik, hosil, о ‘quvchi.
Salqin havo, halol mehnat, mo‘l hosil, taxta kо‘prik, hushyor о ‘quvchi.
“O‘rnini top” ta’limiy o‘yinidan foydalanib x va h harfli so‘zlami to‘g‘ri yozish ko‘nikmasi mustahkamlanadi. O‘qituvchi magnitli doskaga so’zlar yozilgan ko‘rgazmani iladi, o‘quvchilar so‘zlarni ko‘rgazmaning tegishli joyiga husnixat asosida marker bilan yozishlari talab etiladi. Topshiriq bajarilgach, o‘quvchilami mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash bilan birga husnixat malakalari nazorat qilinadi.
- Darsga yakun yasash va baholash.
Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, baholanadi.
- Uyga vazifa berish.
- Gaplami o‘qib, tushirib qoldirilgan h harfini nuqta lar o‘rniga qo‘yish va ko‘chirib yoz ish.