Mar 12, 2017 Foydali

Windows parolini yo’qotishning oson usuli

Windows parolni qanday olib tashlanadiAgar siz windows parolingizni esingizdan chiqarib qo’ygan bo’lsangiz yoki biron boshqa sababga ko’ra tizimga kirolmayotgan bo’lsangiz. Parolni yangilab, tizimga kirishning oson usullaridan birin o’rganib oling. (agar bilmasangiz albatta! 🙂 )

Buning uchun bizga sistema disk yoki sitema qilish uchun moslangan flesh yoki LifeCD kerak bo’ladi.

 

Windows parolini olib tashlash

Disk yoki fleshkadan Windows 7 yoki Windows 8 o’rnatishni boshlang.

Windows parolini olib tashlash. Birinchi qadam

O’rnatish tilini tanlaganingizdan so’ng chap-past tarafda «Восстановление системы» (Sistemani tiklash) degan yozuvni toping.

Sistemani tiklash menyusidan «Командная строка» (Buyruqlar qatori)ni toping.

Tizimni tiklash sozlamalari

Unga kirib, so’ngra quyidagi so’zlarni yozing.

copy c:\windows\system32\sethc.exe c:\

So’ng Enter’ni bosing. Bu buyruq sethc.exe fayli nusxasini C dikka saqlab qo’yadi.

Keyingi qadam – System32 sethc.exe faylini cmd.exe fayli bilan alishtiramiz.:

copy c:\windows\system32\cmd.exe c:\windows\system32\sethc.exe

Shundan so’ng komyuterga «Перезагрузка» beramiz.

Parolni olib tashlaymiz

Kompyuter yongan so’ng paroni yozish maydonida turib, Sinf tugmasini 5 marotaba bosamiz. Natijada qarshimizda Buyruqlar qatori paydo bo’ladi.

Ana edni parolni olib tashlash uchun quyidagi kodni yozish yetarli bo’ladi. (Foydalanuvchi nomi va yangi parolni kiriting)

net user Foydalanuvchi_nomi yangi_parol

Hammasi tayyor. Agar hohlasangiz setch.exe faylini joyiga qaytarib qo’yishingiz mumkun. U qaytarish uchun C diskdan  C:\Windows\System32 ga ko’chirib qo’yish yetarli.

PS: Lekin, agar parolingizni tez-tez esdan chiqarib tursangiz bu ishni qilishingiz shart emas. Shunda kelgusi maqolaning ohirgi Parolni tiklash qismida keltirilgan ma’lumotdan foydalanish yetarli bo’ladi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan