Mar 03, 2017 Foydali

Qanday qilib klaviaturaga qaramasdan yozish

Assalomu alaykum, internetda aylanib yurib bir qiziq maqola o’qib qoldim. Bu maqola bilib turganingizdek, klaviaturaga qaramasdan yozishni o’rganish haqida edi. Shaxsan men klaviaturaga qaramasdan yozaman.  Chunki, ertalabdan kechga qadar shu klaviatura bilan birgaman. 🙂 Lekin, ko’pchilikka bu maqola foydali bo’ldi deb o’yalayman.

Kompyuterda matn yozayotganingizda, Odnoklassnikida xabar yozish vaqtida, yoki klaviaturada yozish bilan bog’liq boshqa bir mashg’ulot davrida bir monitorga, bir klaviaturaga, keyin yana monitorga, undan keyin esa yana klaviaturaga qarayverib ko’zingiz tolib ketgan vaqtni eslay olasizmi? Klaviaturaga qaramasdan yoza olish matnlarni tez yozib, vaqtni tejashi bilan bir qatorda, zamonaviy ilmlardan biri hisoblanib, kompyuterda ishlashingizni ancha osonlashtiradi.

Boshlang’ich darajada bo’lganlar klaviaturada yozayotganda bir harfni 5-10 soniya davomida ham qidirib topa olishmasligi mumkin. Ammo klaviaturaga qaramasdan yozish ko’nikmasini o’zlashtirsangiz, ko’zingizni monitordan uzmagan holda qaysi harf klaviaturaning qaysi qismida turganligini tez va aniq eslay olasiz va qaramagan holda harflarni tezlik bilan tera olasiz. Kimlar uchundir klaviaturaga qaramasdan yozish faqat kinolarda bo’lishi mumkin bo’lgan mo’jizaviy holat bo’lsa, astoyidil xohlab, harakat qilganlar, mashq qilishdan to’xtamaganlar uchun bu ayni haqiqiy mashg’ulot bo’lishi turgan gap. Klaviaturaga qaramay yozishni o’zlashtirish juda oson. Muhimi, qaysi barmoq qaysi harfni bosishi keraklini eslab qolish va juda juda juda ko’p mashq qilish. Klaviaturaga qaramasdan yozish ko’nikmasini o’zingizda shakllantirishingiz uchun bu ilmning bir nechta asosiy tushunchalarini ko’rib o’tamiz.

Eng avvalo klaviaturangizga yaxshilab nazar soling. Biz ingliz (lotin) harflari berilgan klaviaturaga qaramasdan yozishni o’rganamiz. Siz ko’rib turgan lotin harflariga asoslangan tugmalarning joylashuvi familiyasi Qwerty bo’lgan mutaxassis tomonidan joylashtirilgan. U klaviaturaning birinchi qatoriga o’zining familiyasini «qwerty» qilib joylashtirgan, shuning uchun hozir dunyoda eng ko’p ishlatiladigan bu standart joylashuvli klaviatura «Qwerty klaviaturasi» deb ham ataladi.

Har qanday klaviaturaning logincha «F» va «J» harflari joylashgan tugmalarda boshqalariga nisbatan ajralib turadigan, bir o’z bo’rtib chiqqan joyi bo’ladi. Buning sababi, ikki qo’lning ko’rsatkich barmoqlari shu tugmalarda turishi kerak va matn teruvchi ko’rsatkich barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan, tugmachalarning bo’rtib turgan joyini barmoq uchlari bilan his qilgan holda topib olishi kerak. Shu tarzda, ikki qo’lning ko’rsatkich barmoqlari «F» va «J» harflariga qo’yiladi, qolgan har ikki qo’ldagi uchtadan barmoq ketma-ket joylashgan tugmachalar ustiga qo’yiladi. Klaviaturada qo’l mana bunday holatda turishi kerak:

Chap qo’l barmoqlari A S D F harflari yozilgan tugmalarda, o’ng qo’l barmoqlari esa J K L ; tugmalari ustida turishi kerak. O’ng qo’lning bosh barmog’i probel tugmasini bosich uchun ishlatilishi kerak.

Quyidagi rasmda qo’llarning qaysi barmoqlari klaviaturadagi qaysi harf tugmasini bosishi kerakligi ko’rsatilgan. E’tibor bering, barmoqlarning ranglari ular bosishi kerak bo’lgan klaviatura tugmalari ranglari bilan o’zaro mos:

Endi klaviaturaga qaramasdan yozishni mash qila boshlar ekansiz, Sizdan juda katta sabr talab etiladi. Qanchalik ko’p mashq qilsangiz, shunchalik tez o’rganib olasiz. «Tez» deganda Siz klaviaturaga qaramasdan yozishni bir necha soatda o’rganib olasiz, degan ma’no tushunilmasligi kerak. Hatto bir necha kunda ham o’rganmasligingiz mumkin. Bir necha hafta yoki hatto bir necha oylik shug’ullanishdan keyin klaviaturaga qaramasdan, tezlik bilan matn terishni o’rganib olasiz. Mashqda har qancha qiyin bo’lmasin, ishoning, maqsadingizga erishganingizdan so’ng bu zamonaviy ilmni o’rganishga sarflagan vaqtingizga achinmaysiz!

Kompyuterda matn muharririni oching-da, avval alohida-alohida harflarning yozilishini mashq qiling. Masalan, F va J harflarining yozilishini. Avval to’rt marta FFFF deb yozib ko’ring, keyin to’rt marta JJJJ harflarini yozing. Keyin aralash qilib, FFJJ FFJJ deb yozasiz. Keyin esa, nafbat bilan FJFJ FJFJ harflarini yozing. Bu harflar yozilishini yaxshi o’zlashtirganingizdan keyin boshqa harflarga o’tishingiz mumkin bo’ladi.

Klaviaturaga qaramasdan yozish ilmi juda foydali, zamonaviy va kerakli bo’lganligi sababli, bu ko’nikmani o’rgatuvchi, mashq qilishga yordam beruvchi dasturlarni ko’plab topishingiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, online o’yin, dars va mashq saytlari ham bor-ki, ular klaviaturaga qaramasdan yozishini tez va oson o’rganib olishingizda yordam beradi.

Menga eng ma’qul bo’lgan klaviaturaga qaramasdan yozishni o’rganish online darslari sayti  – TypingWeb. Bu sayt xizmatlari tekin. Saytda bir marta ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng barcha mashg’ulotlaringiz, darslaringiz va yozishingizga berilgan baholar profilingizda saqlanib ketilaveradi. Ro’yxatdan o’tmasdanoq ilk mashqlar qanday bo’lishini amalda ko’rmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerga bosing.

Bundan tashqari turli online o’yinlar orqali ham klaviaturaga qaramasdan yozish tezligingizni oshirishingiz mumkin. Masalan, TypeRacer saytida foydalanuvchilar tez yozish bo’yicha «poyga uyushtirishadi. Boshqa foydalanuvchilar «mashinachalari» tezligiga qarab, o’zingizning yozish tezligingizni boshqalarniki bilan solishtirib ko’rishingiz mumkin. Umuman olganda, TypeRacer sayti o’yini ham qiziq, ham foydali:

Keybr.com saytidagi qiziqarli mashqlar esa yozish tezligingiz hamda qanchalik aniq matn tera olishingizni sinovdan o’tkazadi:

Agar Siz faqat ingliz (lotin) harflariga asoslangan klaviaturada emas, boshqa til harflari, masalan, rus tili (Kirill) harflariga asoslangan klaviaturada qaramay yozishni o’rganishni xohlasangiz, TypingStudy Siz uchun juda foydali sayt bo’lishi mumkin. Bu saytning bosh sahifasidanoq Sizdan qaysi tilga mo’ljallangan klaviaturada o’rganishni xohlashing so’raladi va o’zingiz tanlagan til (rus, turk, ukrain, nemis va h.k.) asosidagi klaviaturada qaramay matn terishni o’rganishingiz mumkin.

Klaviaturaga qaramasdan yoza olish ilmi juda foydali, zamonaviy va zamonaviy dunyoda kerakli ko’nikma hisoblanadi. Vaqt ajratib, albatta o’rganib olishga harakat qiling!

Manba: azamat.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan