Ushbu slaydda mandarin haqida ma’lumot kiritlgan. Bu slaydni mustaqil ish sifatida ishlatishingiz mumkun.
Slayddagi ma’lumotning tekst shakli:
Mandarin (Citrus reticulata) — rutadoshlar oilasining sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxtlar va butalar turi; mevali ekin. Yovvoyi turlari maʼlum emas. M. subtropik va tropik (Yaponiya, Xitoy, Ispaniya, Meksika va boshqalar) hududlarda ekiladi.
Vatani — Xitoy. Oʻzbekistonda 20-asrning 70-yillaridan maxsus issikxona va transheyalarda payvanddan oʻstirilgan past boʻyli navlari yetishtiriladi. Bu navlar mart oyida gullab okt.da mevasi pishadi. 5—6 yoshda bir tupi 40 kg meva beradi. M. — doim yashil daraxt, balandligi 3 m ga boradi. Tinim davri bilan almashadigan 2—3 oʻsish davriga ega. Shox-shabbasi yoyilib usadi, barglari uzunchoqtuxumsimon, toʻq yashil, gullari oq mayda, ikki jinsli, xushboʻy. M. may—iyun oylarida gullaydi, mevasi okt—noyab.da pishadi. Mevasi yassi dumaloq, baʼzan yapaloq, yuzasi biroz gʻadir-budir, poʻsti qalin, zargʻaldoq, urugʻi mayda. Sharbati nordonshirin. Eti toʻq sariq, sersuv, 8—10 pallali, vazni 60—80 g . Sharbati tarkibida 2,87—10,5% qand, 0,95—1% kislota (asosan, limon kislota), 25 mg % vitamin S va boshqa mavjud. Pustila pektin moddasi, efir moyi va glikozidlar mavjud boʻlib, qandolatchilik sanoatida va efir moyi olishda ishlatiladi. M. sovuqqa chidamli: —6,5° da barglarini, — 12° da daraxtini sovuq uradi. Ohak va gumusga boy tuproklarda yuqori hosil olinadi. M. asosan, payvand yoʻli bilan koʻpaytiriladi (asosan, trifoliatga payvand qilinadi). Koʻchatlar orasi 3–5 m, qator orasi 5–6 m qilib kech kuz va erta bahorda ekiladi. Yezda qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi. M. daraxtiga yosh paytida toʻgʻri shakl berilsa, hosildorlik yuqori boʻladi. 10—12 yillik daraxtlardan 1 gektardan 500 s hosil olinadi (bir tupi 30–70 kg meva beradi). Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi (murabbo, jem, sharbat) tayyorlanadi (q. Sitrus oʻsimliklar).
Kasalliklari : fitoftoroz, kalmaraz, antraknoz.
Zararkunandalari: tillarang va qizil kana.