Apr 04, 2016 Buyuk siymolar

Muhammad Yusuf haqida ma’lumot

MUHAMMAD YUSUF

Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978—80), «Toshkent oqshomi» gazetasida (1980—86), G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti (1986—95)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995—97 yillar «Tafakkur» jurnalida bo’lim mudiri, 1997—2001 yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o’rinbosari. 2chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

M.Yu.ning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk she’rlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko’nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko’p ekan», «Yolg’onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995) va «Osmonimga olib ketaman» (1998) she’riy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan she’rlarda M.Yu. mansub bo’lgan avlodning eng olija-nob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, o’zbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuyg’u hamda kechinmalari o’zining yorqin ifodasini topgan. So’zning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuyg’ular tinikligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini lo’nda va yakkrl ifodalay bilish M.Yu. she’riy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning kyalamiga mansub aksariyat she’rlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. M.Yu. ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqal’a tumanida she’riyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.

Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi ko’chalardan biri, shuningdek, Andijon shaxridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi san’at maktabi M.Yu. nomi bilan ataladi.

Fayl shaklida yuklab olish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan