Mar 16, 2017 Bu qiziq

Varrak yasashning eng oson usuli

Varrak yasashni bilasizmi? Qiziq savol bo’ldi-a? 🙂 Yonimizdagi do’konchini shogirdi shu savolni berib qolgan edi. O’ylanib turib ha deb javob berdim va internetga kirib «как готовить воздушный змей» deb so’rov bergan edim aif.ru saytidan quyidagi rasmni topdim. Shuni sizlarga ham taqdim etay deb o’ylab qoldim. Farzandingiz yoki ukangiz sizga yuqoridagi savolni berib qolsa xijolat bo’lib qolmang tag’in! 🙂 Ha, aytgancha varrak haqida qisqacha ma’lumot. Ilk varraklar Xitoyda birinchi ming yillikda paydo bo’lgan. Varraklar Xitoyning milliy bayramlari bezashda asosiy bezak bo’lib ishtirok etgan. Varraklar odatda ajdar shaklida bo’lgan. Shuning uchun varrak ruschada «воздушный змей» deb nomlanadi. Shuningdek,  varrak qush, kapalak, turli geometrik shakllar ko’rinishida ham bo’ladi.

Demak, varrakni qanday yasashni quyidagi rasmdan bilib oling.

Varraklarda faqat ko’ngil ochish uchun emas. Balki, harbiy maqsadlarda ham foydalanishgan. Xitoyliklar varrak yordamida ayg’oqchi havoga ko’targan holda o’zlari va dushman armiyasi orasidagi masofani aniqlardilar. Varrak haqida yana ancha ma’lumot bor-u, lekin, ularni yozgani vaqt yog’da 🙂 Hazircha  shu barchaga rahmat!

2 Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan